Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
⭐️30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori muvofiq, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
✅E’tiborli jihati, mukofotlanganlar orasida Mudofaa vazirligining harbiy qism va muassasalarida xizmat burchini o‘tayotgan quyidagi harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilarining borligi Qurolli Kuchlarimizda har tomonlama yetuk kadrlar tarbiyalanayotganidan dalolat beradi:
🗃 kichik serjant Allashov Raxim Tolibay uli – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi;
🗃 katta leytenant Xursanov Doniyorbek Damirjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh komandiri;
🗃 kichik serjant Zokirov Jaxongir Lazizbek o‘g‘li – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Mudofaa vazirligi sportchisi (TOQQQ);
🗃 kichik serjant Musurmonqulov Bektosh Qodirberdi o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi;
🗃 katta leytenant Noraliyev Sarvar Nurislom o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism batareya komandiri;
🗃 QK xizmatchisi Qosimxojiyev Najmiddin Abdujabbor o‘g‘li - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 4-bosqich talabasi, Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi.
➡️Bugun o‘zining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yanada oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan mana shunday fidoyi va mard o‘g‘lonlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
🔗Yangi O‘zbekistonning chinakam tayanchi va suyanchi bo‘lgan ushbu mard o‘g‘lonlarimizning kelgusi sharafli xizmatlarida ham zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев